Yevro-2024: Ikkinchi yarim finalchi nomi ham maʼlum
Yarim finalda finalga teng yana bir oʻyin boʻlib oʻtadi.

Yevropa chempionati chorak final oʻyinida Portugaliya va Fransiya termalari maydonga tushdi.
Final oldi final deya taʼriflangan bu oʻyinda ham ikkala jamoa ehtiyotkor harakat qilishdi. Asosiy va qoʻshimcha boʻlimlarda hisob ochilmadi.
Gʻolib penaltilar seriyasida aniqlandi. Bunda omad fransuzlarga kulib boqdi.
Endi yarim finalda Ispaniya Fransiyaga qarshi oʻynaydi.
Yevro-2024, chorak final
Portugaliya - Fransiya 0:0
Penaltilar boʻyicha: 3:5