Yevro-2024: Angliya termasi yarim finalga chiqdi
Jangovar oʻyinda omad inglizlarga kulib boqdi.

Yevropa chempionati chorak final oʻyinida Angliya va Shveysariya termalari maydonga tushdi.
Asosan teng kurashlar ostida kechgan oʻyinda asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. 75-daqiqada Embolo hisobni ochgandi, ammo uning xursandchiligi 5 daqiqaga ham yetmadi.
Qoʻshimcha boʻlimlarda ham gʻolib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa Angliya yutib ketdi.
Endi yarim finalda Angliya termasi Turkiya va Gollandiya juftligi gʻolibiga qarshi oʻynaydi.
Yevro-2024, chorak final
Angliya - Shveysariya 1:1
Gollar: Saka 80 - Embolo 75
Penaltilar boʻyicha: 5:3