platina.uz
Jamiyat

Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yongʻin sodir boʻldi

Uchib ketish zali yonida oshxona yongan. Aeroport odatiy tartibda ishlamoqda. 

Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yongʻin sodir boʻldi

Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida kafe yonib ketdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish terminali oldi hududidagi "Terminal" kafesida yongʻin sodir boʻldi.

Voqea joyiga aeroport va shahar oʻt oʻchirish boʻlimlari yetib kelgan. Yongʻin soat 11:47 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida 5 kv.m maydonga zarar yetkazilgan. Jabrlanganlar yoʻq.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisaga oshxonadagi kichik yongʻin sabab boʻlgan.

Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid