Mirziyoyev Eronning saylangan prezidentini tabrikladi

 Prezident maktubida hamkorlik yanada yuqori bosqichga koʻtarilishiga ishonch bildirgan. 

Siyosat
6-iyul, 11:32
Mirziyoyev Eronning saylangan prezidentini tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Masʼud Pezeshkiyonni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. 

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlat rahbari oʻz maktubida  mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yoʻnalishlarda yanada yuqori bosqichga koʻtarilishiga ishonch bildirdi.

"Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega boʻlgan, soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil va samarali kengaytirishdan manfaatdormiz", - deyiladi maktubda. 

Eslatib oʻtamiz,  5 iyul kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda Masʼud Pezeshkiyon gʻalaba qozondi

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+