Eronning yangi prezidenti kim boʻlishi aniqlandi

Masud Pezeshkiyan saylovlarning birinchi bosqichida gʻalaba qozongan, ammo uni qoʻllovchilar 50 foizga yetmagandi. 

Jahon
6-iyul, 9:40
Eronning yangi prezidenti kim boʻlishi aniqlandi

Sobiq islohotchi sogʻliqni saqlash vaziri Masud Pezeshkian Eronning toʻqqizinchi saylangan prezidenti boʻldi. 

Saylov komissiyasi ikkinchi turdan soʻng 30,5 million byulletenni sanab chiqish natijalarini eʼlon qildi, deb xabar beradi IRNA.

Janob Pezeshkian 16,4 million eronlik tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Uning raqibi, konservativ Said Jaliliy 13,5 million ovoz oldi.

Masud Pezeshkiyan saylovlarning birinchi bosqichida gʻalaba qozonib, janob Jalilining 9,4 million ovoziga qarshi 10,4 million ovoz toʻplagandi. Biroq, uni saylovchilarning 50% dan koʻprogʻini qoʻllab-quvvatlamagani uchun gʻolib ikkinchi turda aniqlandi. 

Eslatib oʻtamiz, Eronda prezident Ibrohim Raisiy aviahalokatda vafot etganidan keyin muddatidan oldin prezidentlik saylovlari eʼlon qilindi. 

Masud Pezeshkiyan Gʻarb bilan muloqot tarafdori edi. Eronning diniy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish tarafdori boʻlgan "ayrim nomzodlarni" tanqid qilgandi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+