Biri 18 yoshda, yana biri 32 yoshda pasportli boʻldi
Ularga bir kunning oʻzida homiylik asosida ID kartalar rasmiylashtirib berildi.

5 iyul kuni Denov tumani adliya boʻlimi 2-FHDYo boʻlimi xodimlari tomonidan mahallalar aholisi muammolari oʻrganildi.
Lagʻmon ota va Qovunlisoy mahallasida yashovchi 1992 yilda tugʻilgan fuqaro Ismoilov Bobomurod, 2006 yilda tugʻilgan Botirova Zilolalar shu kunga qadar pasport olmaganliklari aniqlandi.
Boʻlim xodimlari tashabbusi bilan ushbu fuqarolarga bir kunning oʻzida homiylik asosida ID kartalar rasmiylashtirib berildi.