Yevro-2024: Ispaniya yarim finalga chiqdi
Finalga teng oʻyindan keyin mezbonlar endi musobaqani faqat tomosha qilishadi.

Yevropa chempionati chorak final uchrashuvlari Germaniya va Ispaniya termalari ishtirokidagi oʻyin bilan boshlandi.
Final oldi final deya taʼriflangan oʻyinda Ispaniya ham, Germaniya ham yuqori salohiyatini namoyish etishdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Qoʻshimcha boʻlimlarning soʻnggi daqiqasida esa ispanlar gʻalaba golini kiritishdi. Soʻnggi soniyalarda Karvaxal ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
Endi yarim finalda Ispaniya termasi Portugaliya va Fransiya juftligi gʻolibiga qarshi oʻynaydi.
Yevro-2024, chorak final
Germaniya - Ispaniya 1:2
Gollar: Virs 89 - Olmo 51, Merino 119