Uch viloyat soliq boshqarmasi oʻrinbosarlari ishdan olindi
Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar masʼullar bilan ham mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Uch viloyat soliq boshqarmasi oʻrinbosarlari va toʻrtta tuman inspeksiyasi boshligʻi ishdan olindi.
Ular DSQ raisi Sherzod Kudbiyev oʻtkazgan hayʼat yigʻilishida ishdan olingan.
Aytilishicha, Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar masʼullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pogʻonaga pasaytirildi.
Yigʻilishda aytilishicha, joriy yilning I yarim yilligida budjetga 85,8 trln soʻm miqdorida soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 %ga, hududlarda 24,4 %ga, tumanlarda 37 %ga oʻsganligi kuzatilgan.