Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi

Prezident Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida qatnashadi. 

Siyosat
5-iyul, 9:06
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 5-6 iyul kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Davlat rahbari Shusha shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkilotining "Transport oʻzaro bogʻliqligi va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish orqali barqaror kelajakni barpo etish" mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Sammit davomida koʻp tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va investitsiya-moliya sohalarida, shuningdek, "yashil" iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energetika, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish yoʻnalishlarida yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqadilar.

Tadbir yakunida qator qoʻshma hujjatlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+