platina.uz
Jahon

Qirgʻizistonda davlat toʻntarishiga urinish sodir boʻldi

Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi ushbu ish yuzasidan besh kishini ushlagan. 

Qirgʻizistonda davlat toʻntarishiga urinish sodir boʻldi

Qirgʻiziston hukumati bir guruh shaxslarning davlat toʻntarishiga urinish muvaffaqiyatsiz tugaganini eʼlon qildi.

Qirgʻizistonda hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallab olish va ommaviy tartibsizliklarni rejalashtirganlikda gumon qilingan besh kishi qoʻlga olindi, deb xabar berdi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi.

QOʻmita maʼlumotlariga koʻra, hibsga olinganlar guruhi "fuqarolar oʻlimiga sabab boʻlgan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish orqali hokimiyatni zoʻravonlik bilan egallab olish va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishni rejalashtirgan".

Hozirda qoʻshimcha tergov-tezkor tadbirlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid