Jizzax viloyatiga prokuror tayinlandi
Ibrohimov oʻz vaqtida Chirchiq shahar prokurori lavozimida ishlagandi.

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Toyirjonovich Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Baxtiyor Ibrohimov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimida ishlagan.
Ibrohimov oʻz vaqtida Chirchiq shahar prokurori lavozimida ishlagandi. 2021 yil yanvarda esa Bosh prokuraturaning boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi.