Rossiyalik deputat va senatorlar xorijga safar uchun avvaldan ruxsat olishi kerak boʻladi
Parlament palatalari rahbariyatining roziligisiz xorijga chiqqan deputatlar mandatlari tugatiladi.

Endilikda rossiyalik deputatlar va senatorlar xorijga chiqish uchun ruxsat olishlari kerak boʻladi.
Rossiya Davlat Dumasi parlament palatalari rahbariyatining roziligisiz xorijga chiqqan deputatlarni mandatlaridan mahrum etishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi.
Qonun mualliflari xorijga chiqishni palatalar spikerlari bilan muvofiqlashtirish talabini "Rossiya xavfsizligiga yangi tahdidlar" paydo boʻlishi va kuchayishi munosabati bilan "davlatning ham, chet elga chiqayotganlarning oʻzlari ham" xavfsizlik masalalari bilan izohladilar.
Qonun mualliflaridan biri, Davlat Dumasi xavfsizlik qoʻmitasi raisi Vasiliy Piskarev Ukraina sudlarining Davlat Dumasi deputatlariga nisbatan sirtdan hukm chiqargan holatlarni misol qilib keltirdi.
"Agar Ukraina sudining hibsga olish toʻgʻrisida soʻrov bilan bunday hukmi Interpol axborot bazasiga tushsa, mezbon davlat hokimiyati qidiruvdagi fuqaroni hibsga olishi va uni soʻragan tomon, bu holda Ukrainaga topshirishi kerak boʻladi", - deydi u.
May oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan Federatsiya Kengashi, Davlat Dumasi deputatlari va davlat sirlari va maxfiy maʼlumotlarga ega boʻlgan hududiy qonunchilik assambleyalari aʼzolarini chet elga safarlari haqida FXX va Tergov qoʻmitasiga xabar berishlari kerakligi belgilangandi.
Ular safardan 30 kun oldin xorijga chiqish haqida maxsus xizmatlarni xabardor qilishlari kerak.