platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi Lukoylga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

Kompaniya harakatlari sabab texnik oltingugurtning birjadagi narxi 50 foizgacha oshgan. 

Raqobat qoʻmitasi Lukoylga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

Raqobat qoʻmitasi Lukoylga qarshi narx manipulyatsiyasi boʻyicha ish ochdi.

Qoʻmita tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qoʻyish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshirish alomatlari aniqlangan.

Natijada birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlari oʻrtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshishiga sabab boʻlgan.

Shu munosabat bilan, Raqobat qoʻmitasi tomonidan kompaniyaga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari boʻyicha ish qoʻzgʻatildi.

Qoʻzgʻatilgan ish oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingandan soʻng qoʻshimcha axborot beriladi.

Avvalroq qoʻmita Qoraqalpogʻistonda 15mlrd. soʻmlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlarini aniqlagandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid