platina.uz
Jahon

Isroil Falastinning ming gektardan oshiq hududini egallab oldi

Bu yahudiy davlati tomonidan soʻnggi 30 yilda egallangan eng katta hududdir. 

Isroil Falastinning ming gektardan oshiq hududini egallab oldi

Isroil rahbariyati Gʻarbiy Sohildagi 1270 gektar maydonni "davlat yerlari" deb eʼlon qildi, bu soʻnggi 30 yildagi eng katta egallab olingan Falastin hududidir.

Bu haqda "Shalom Axshav" inson huquqlari tashkiloti oʻz saytida maʼlum qildi.

"2024 yil davlat yerlarini deklaratsiyalash miqyosida eng yuqori choʻqqi hisoblanadi. 2024 yil boshidan beri Isroil Gʻarbiy Sohildagi 2370 gektarni davlat yerlari deb eʼlon qildi", — deyiladi hisobotda.

Shuningdek, Isroil Falastinni tan olgan davlatlarga murojaat qilgan. Yahudiy davlatining Germaniyadagi elchisi Ron Prosorning aytishicha, Isroil Falastin davlatchiligini tan olgan davlatlarni kechirmaydi. Uning taʼkidlashicha, bu "terrorchilarga bagʻriga shamol tegishi" deganidir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid