Yevro-2024: Turkiya – keyingi bosqichda
Chorak finalning barcha juftliklari maʼlum boʻldi.

Yevropa chempionati nimchorak final oʻyinida Avstriya va Turkiya maydonga tushdi.
Oʻyin deyarli teng kurashlar ostida oʻtdi. Demiral musobaqaning eng tezkor gollaridan birini kiritdi va dubl qayd etdi. Avstriyaliklar bir bor javob qaytardi xolos.
Endi Turkiya chorak finalda Niderlandiyaga qarshi oʻynaydi.
Yevro-2024, nimchorak final
Avstriya - Turkiya 1:2
Gollar: Gregorish 66 - Demiral 1, 59
Chorak final oʻyinlari 5-6 iyul kunlari boʻlib oʻtadi:
Ispaniya - Germaniya
Portugaliya - Fransiya
Angliya - Shveysariya
Niderlandiya - Turkiya