platina.uz
Jamiyat

Tok oʻchgani uchun suv toshib ketdi — Oʻzsuvtaʼminot

Yunusobod tumanining 6−7-dahalarida magistral suv quvurining yorilishi oqibatida koʻchalarni suv bosdi. 

Tok oʻchgani uchun suv toshib ketdi — Oʻzsuvtaʼminot

3 iyul kuni Yunusobod tumanining 6−7-dahalarida magistral suv quvurining yorilishi oqibatida koʻchalarni suv bosdi.

"Toshkent shahar suv taʼminoti" matbuot xizmatiga koʻra, bu hodisaga elektr yoʻqligi sabab boʻlgan.

"Buning asosiy sababi yaqin joydagi qozonxonada elektr energiyasi vaqtincha uzilganidir. Shu sababli quvurlarda bosim koʻtarilib ketgan va ularning ulangan chokidan avariya yuzaga kelgan", — deya bayonot berdi "Toshkent shahar suv taʼminoti" matbuot xizmati .

Shaharning turli tumanlaridan jalb qilingan ishchi guruhlari hozirda suv chiqarishni toʻxtatib, taʼmirlash ishlarini olib bormoqda.

FVV bergan maʼlumotga koʻra, holat oqibatida 13 ta koʻp qavatli uyning yertoʻla qismi va ichki yoʻllarga suv kirishi kuzatilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid