platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariga hayfsan berildi

U "xalq puli" degan tushuncha yoʻqligi, byudjet mablagʻi "davlat puli" ekanini aytib chiqqandi. 

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariga hayfsan berildi

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbari Salohiddin Nuriyevga hayfsan intizom chorasi qoʻllanildi.

Adliya vazirligi eʼlon qilgan bayonotga koʻra, bunga uning matbuot anjumanida aytgan soʻzlari sabab boʻlgan.

Amaldor OAV vakillari bilan uchrashuvda "xalq puli" degan tushuncha yoʻqligi, byudjet mablagʻi "davlat puli" ekanini aytib chiqqandi.

Shuningdek, Nuriyev davlat xodimlarini muhokama qilish borasida ham bahsli fikr bildirgan.

Adliya boshligʻi mazkur fikrlarni Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalaridan kelib chiqib bayon etganini bildirgan.

"Oʻrganish yakunlari boshqarma boshligʻi yuqoridagi fikrlarini jamoatchilikka yetkazishda qonunchilikka tayanmaganini, asosli va tahliliy yondashmagani, ayrim oʻrinlarda shaxsiy qarashlaridan kelib chiqib tushuntirish berganligini koʻrsatdi.

Shu bilan birgalikda viloyat adliya boshqarmasi mazkur matbuot anjumanidagi videoparcha tarqab ketgandan keyin bayonot bermasdan, natijada jamoatchilik munosabatini oʻzgartirish, uni yumshatish choralarini koʻrishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan" deyiladi vazirlik xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid