Ozodbek Nazarbekov jazolanadimi?
Tarmoqda Madaniyat vaziri kiyim doʻkoni reklamasida ishtirok etgani videosi tarqaldi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov reklamada ishtirok etgani uchun jazolanishi mumkin.
Bu haqda Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi maʼlum qildi.
"Ijtimoiy tarmoqlar orqali, shu jumladan Instagramdagi kiyim doʻkoni rasmiy sahifasida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O.Nazarbekov ishtirokida reklama lavhasi joylashtirilgan va bu holat keng jamoatchilik tomonidan qonunbuzilish ekanligi taʼkidlanmoqda" deyiladi xabarda.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizda reklama sohasiga oid qonunchilikni nazorat qilib borish hisoblanadi.
Yuqoridagilarga koʻra mazkur holat yuzasidan Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 07.06.2022 yildagi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni doirasida oʻrganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilingan.