"Hududgaztaʼminot"ga yangi rahbar tayinlandi
Marufxon Xodjayev prokuratura tizimida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Xodjayev Marufxon Maxsudovich – “Xududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlagan. Xodjayev bu lavozimga 2023 yil avgustda tayinlangan.
M.Xodjayev Andijon viloyat prokurori boʻlguniga qadar esa transport prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.