platina.uz
Sport

Yevro-2024: Portugaliya dramatik oʻyinda chorakka chiqdi

Endi uni keyingi bosqichda Fransiya termasi kutib turibdi.

Yevro-2024: Portugaliya dramatik oʻyinda chorakka chiqdi

Yevropa chempionati nimchorak final oʻyinida Portugaliya va Sloveniya maydonga tushdi.

Juda ogʻir kechgan uchrashuvda portugallar asosan hujumda oʻynagan boʻlsa-da, Sloveniya himoyada qattiq turdi. Asosiy vaqt nursiz durang bilan yakunlandi.

105-daqiqada belgilangan penaltini Ronaldu golga aylantira olmadi. Shu tariqa gʻolib penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotereya bahsida esa portugallar omadli chiqdi.

Endi Portugaliya chorak finalda Fransiyaga qarshi oʻynaydi.

Yevro-2024, nimchorak final

Portugaliya - Sloveniya 0:0
Penaltilar boʻyicha: 3:0

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid