Yevro-2024: Niderlandiya chorak finalga chiqdi
Uchar gollandlar Ruminiyaga deyarli imkoniyat bermadi.

Yevropa chempionati nimchorak final oʻyinida Ruminiya va Niderlandiya maydonga tushdi.
Deyarli gollandlar ustunligi ostida oʻtgan oʻyinda Ruminiya ishonchli magʻlub etildi. Avvaliga Gakpo 20-daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, Malen oʻz dubli bilan yirik hisobni taʼminladi.
Endi Niderlandiya chorak finalda Avstriya va Turkiya juftligi gʻolibiga qarshi oʻynaydi.
Yevro-2024, nimchorak final
Ruminiya - Niderlandiya 0:3
Gollar: Gakpo 20, Malen 83, 90+3