Shavkat Umrzoqov deputat etib saylandi
U aprel oyida Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov deputat etib saylandi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi oʻtkazilgan.
Sessiyada dastlab Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining raisi Abdulla Magrupov "Toshkent shahrida boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga boʻlib oʻtgan saylov natijalari toʻgʻrisida" maʼlumot berdi.
Berilgan maʼlumotga koʻra, Toshkent shahri, Yunusobod tumani "Turkiston-53" saylov okrugida boʻshab qolgan deputatlik oʻrniga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi koʻrsatilgan Shavkat Boʻronovich Umrzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangani aytib oʻtildi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Umrzoqov 2023 yil mart oyida Toshkent shahrini boshqarib kelmoqda. U joriy yilning aprel oyida hokim lavozimiga rasman tasdiqlangandi.