Poytaxt hokimligi "Qutqaruv xizmati"ga qariyb yarim milliard ajratdi
Pul dizel yonilgʻisi va boshqa mahsulotlar sabab yuzaga kelgan qarzdorlikni yopishga yoʻnaltiriladi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov mablagʻ ajratish boʻyicha qarorni imzoladi.
Unga koʻra, poytaxt byudjeti zaxira mablagʻlari hisobidan "Qutqaruv xizmati" davlat unitar korxonasiga jami 487 million 513 ming soʻm ajratiladi. Qaror 1 iyul sanasida eʼlon qilingan.
Bunda DUKni dizel yonilgʻisi bilan taʼminlash uchun 315 mln. soʻm, dizel-generatorlarga qoʻyilgan antifriz sabab yuzaga kelgan qarzdorlik uchun 91 mln. 513 ming soʻm, 1800 litr motor moyi uchun 81 mln. soʻm berilishi koʻzda tutilgan.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish hokimning birinchi oʻrinbosari B.Haydarov zimmasiga yuklangani belgilandi.