Janubiy Koreyada mashina bosib ketishi oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi
Uch kishi shifoxonaga ogʻir ahvolda yotqizilgan. Ayrim nashrlar 13 nafar qurbon haqida yozmoqda.

Janubiy Koreyada 68 yoshli haydovchi Seul meriyasi yaqinida piyodalarni urib yubordi, natijada toʻqqiz kishi halok boʻldi, kamida olti kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.
Hodisa Seul markazida sodir boʻlgan. Toʻqqiz nafar qurbon orasida olti nafari voqea joyida vafot etgan, uch nafari shifoxonaga yotqizilgan va keyinroq vafot etgani maʼlum qilingan.
Uch nafar kishining ahvoli ogʻirligicha qolmoqda. Oʻlganlarning barchasi 30 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklardir.
Janubiy Koreyaning ayrim axborot saytlari 13 kishining oʻlimi haqida xabar bermoqda.
Guvohlarning aytishicha, YTH sodir etgan mashina toʻsatdan orqaga burila boshlagan, ikkita mashinaga borib urilgan, piyodalar yoʻlagiga chiqib ketgan va svetoforning yashil yonishini kutayotgan piyodalarga borib urilgan.
Haydovchi voqea joyida ushlanib, shifoxonaga yetkazilgan. Uning soʻzlariga koʻra, mashina toʻsatdan oʻz-oʻzidan tezlashgan va u spirtli ichimlik isteʼmol qilmagan.