Yevro-2024: Ispaniya kutilgan natijani qayd etdi
Endi ularni chorak finalda Germaniya termasi kutib turibdi.

Yevropa chempionati nimchorak final oʻyinida Ispaniya va Gruziya maydonga tushdi.
Oʻyin faqat ispanlar hujumi ostida oʻtdi. Garchi gruzinlar har zamonda qarshi hujumlar qilib turgan boʻlsa-da, Ispaniya baribir kuchlilik qildi va yirik hisobda gʻalaba qozondi.
Endi Ispaniya chorak finalda Germaniyaga qarshi oʻynaydi.
Yevro-2024, nimchorak final
Ispaniya - Gruziya 4:1
Gollar: Rodri 39, Ruis 51, Uilyams 75, Olmo 83 - Le Normand 18 avtogol