Oʻmon oʻzbekistonliklar uchun vizasiz tartib joriy etdi
Oʻzbekiston esa 2021 yilda oʻmonliklar uchun shunday tartib kiritgandi.

Oʻmon Oʻzbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz boʻlib turish tartibini joriy qildi.
Bu haqda Oʻmonning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlum qildi.
Shu bilan birga, mamlakatda mazkur muddatdan koʻproq vaqt mobaynida boʻlishni istagan oʻzbekistonliklar Oʻmonga kirish paytida aeroportning oʻzida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.
Oʻzbekiston Prezidentining 2023 yil 9 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 martdan boshlab Oʻmon fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil fevralda BAA oʻzbekistonliklar uchun viza tartibini bekor qilgandi.