platina.uz
Jahon

Eron va Afgʻonistonning qator hududlarida "jahannam jaziramasi" kutilmoqda

Mazkur davlatlardagi issiq harorat keyinchalik Oʻzbekiston hududlariga ham taʼsir etishi mumkin. 

Eron va Afgʻonistonning qator hududlarida "jahannam jaziramasi" kutilmoqda

Yaqin kunlarda Eron va Afgʻonistonning bir qancha hududlarida "jahannam" jaziramasi boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Meteojurnal xabar berdi.

1—2 iyul kunlari Dasht-Lut choʻl hududlarida (mamlakat janubi-sharqida) havo harorati +44...+49°, janubi-gʻarbiy qismida deyarli +50° issiq boʻladi. 3-4 iyul kunlari Dasht-Lutda havo harorati +49…+54°gacha yetadi.

Afgʻonistonning qoʻshni viloyatlarida, Farah va Nimroz viloyatlarida havo harorati +45...+50° gacha koʻtariladi.

Bu yoz Fors koʻrfazi mamlakatlari, janubiy va sharqiy Eron, janubiy Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonda gʻayritabiiy issiqlik va davomiylik bilan ajralib turadi, hattoki soʻnggi oʻn yillikning oʻrtacha koʻrsatkichlari bilan solishtirganda, bu eng issiq boʻldi.

Fors koʻrfazi mintaqasida, bir necha hafta davomida, tor qirgʻoq chizigʻidan tashqari, kun davomida maksimal harorat deyarli hech qachon +40 ° dan pastga tushmadi.

Yer yuzida qayd etilgan eng yuqori harorat +56,7° boʻlib, 1913 yilda Oʻlim vodiysida qayd etilgan. Koʻrib turganingizdek, Erondagi Dasht-Lut choʻlidagi bashorat qilingan harorat sayyoramizdagi maksimal harorat boʻyicha mutlaq rekordga yaqin boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid