Yevro-2024: Germaniya ham chorak finalda
Nemis mashinasi oʻzining navbatdagi gʻalabali seriyasini oʻtkazdi.

Yevropa chempionati nimchorak final oʻyinida mezbon Germaniya va Daniya maydonga tushdi.
Oʻyinda nemislar ustunligi sezilib turdi. 53-daqiqada Xavers penaltidan gol urgan boʻlsa, Musiala hisobni sobitlashtirdi.
Endi Germaniya chorak finalda Ispaniya - Gruziya juftligi gʻolibiga qarshi oʻynaydi.
Yevro-2024, nimchorak final
Germaniya - Daniya 2:0
Gollar: Xavers 53 pen., Musiala 68