platina.uz
Jamiyat

Pavel Durov Oʻzbekiston taassurotlarini eʼlon qildi

Telegram asoschisi mamlakat haqida iliq fikrlar bildirib, yil oxirigacha yana kelishi mumkinligini aytgan. 

Pavel Durov Oʻzbekiston taassurotlarini eʼlon qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov Oʻzbekistonga qilgan safari taassurotlari bilan boʻlishdi.

"Bu hafta men Oʻzbekistonga tashrif buyurdim va juda xursand boʻldim. Oʻzbekiston Telegramni yaxshi koʻradi: mamlakatning 37 million aholisining 70 foizdan ortigʻi Telegramdan foydalanadi va ularning butun iqtisodiyoti bizning platformamizda boshqariladi (mamlakatdagi har bir tashkilotda Telegram boti yoki kanali mavjud). Biz bu mashhurlikdan faxrlanamiz", deya yozgan Durov.

Messenjer asoschisi Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, Sharqiy Oʻzbekistonning togʻli landshaftlari, Buxoro va Samarqandning boy tarixi uni hayratda qoldirganini taʼkidlagan.

Pavel Durov bundan tashqari yil oxirigacha yana Toshkentga kelishini inkor etmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid