platina.uz
Sport

Yevro-2024: Shveysariya qiyinchiliksiz chorak finalga chiqdi

Bugundan musobaqaning nimchorak final oʻyinlari boshlandi.

Yevro-2024: Shveysariya qiyinchiliksiz chorak finalga chiqdi

Yevropa chempionati nimchorak finali birinchi oʻyinida Italiya va Shveysariya maydonga tushdi.

Asosan Shveysariya ustunligi ostida oʻtgan uchrashuvda Italiya deyarli hech nima qila olmadi. Qizillar chorak finalga haqliroq oʻyin koʻrsatdi.

Oʻyinda hisobni 37-daqiqada Froyler ochgan boʻlsa, 46-daqiqadagi Vargasning goli ikkinchi boʻlimni ishonchli gʻalaba bilan boshlashga sabab boʻldi. Har ikkala gol ham chiroyli urildi.

Endi Shveysariya chorak finalda Angliya - Slovakiya juftligi gʻolibiga qarshi oʻynaydi.

Yevro-2024, nimchorak final

Shveysariya - Italiya 2:0
Gollar: Froyler 37, Vargas 46

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid