Oʻzbekiston elchixonasi Isroilda boʻlib turganlarni ogohlantirdi
Elchixonasi aholi uchun toʻrt muhim tavsiyani eʼlon qildi.

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatda boʻlib turgan fuqarolarni ogohlantirdi.
"Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Oʻzbekiston elchixonasi yana bir bor quyidagi ehtiyot choralarini koʻrishni qatʼiy tavsiya qiladi:
1. Isroilning alohida hududlariga borishdan saqlaning.
2. Isroil rasmiylari va Oʻzbekiston elchixonasi xabarlari va rasmiy xabarlarini kuzatib boring.
Mobil ilovasi yoki veb-sayti orqali Isroil fronti qoʻmondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar uchun roʻyxatdan oʻting.
3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo oʻzingiz bilan olib yuring.
Favqulodda vaziyatlarda bu sizga tezroq yordam olishga yordam beradi.
4. Imkon qadar odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan qoching
va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklang".
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Isroil vva Livanning "Hizbulloh" harakati oʻrtasida keskinlik kuchaymoqda.




