Eronda bironta nomzod 50 foizdan oshiq ovoz toʻplay olmadi

Endi mamlakat prezidenti ikkinchi turda aniqlanadi. 

Jahon
29-iyun, 14:11
Eronda bironta nomzod 50 foizdan oshiq ovoz toʻplay olmadi

Eron davlat televideniyesi juma kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalarini eʼlon qildi.

 14 milliondan ortiq ovoz hisoblanganidan soʻng, tabrizlik islohotchi Masud Pezeshkian 5,9 million ovoz bilan yetakchilik qilmoqda, 5,5 million ovoz bilan konservativ Said Jaliliy ikkinchi oʻrinda, 1,89 million ovoz bilan Mustafo Pourmuhammadiy uchinchi oʻrinda.

Nomzodlarning hech biri birinchi turda gʻalaba qozonish uchun zarur boʻlgan 50% ovozni hali toʻplagani yoʻq, bu esa ikkinchi turni oʻtkazishni talab qiladi.

Saylovlar Gʻazo sektoridagi mojaro bilan bogʻliq Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida oʻtmoqda. Aprel oyida Isroil Eronning Damashqdagi konsulligiga havo hujumi uyushtirdi va shundan soʻng Eron birinchi marta toʻgʻridan-toʻgʻri Isroil hududiga raketa va uchuvchisiz samolyotlarni uchirgandi. 

Xalqaro kuzatuvchilarga anʼanaviy tarzda ovoz berish jarayonini kuzatishga ruxsat berilmagan.

Xabar qilinishicha, Siyeston va Balujiston viloyatlarida saylov byulletenlarini olib ketayotgan furgonga hujum uyushtirilgan, natijada ikki politsiyachi halok boʻlgan.

Saylovchilar ishtiroki haqidagi maʼlumotlar hali eʼlon qilinmagan. 

Bu koʻrsatkich Eronning mavjud siyosiy tizimini xalq tomonidan qoʻllab-quvvatlanishining muhim koʻrsatkichi hisoblanadi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+