platina.uz
Siyosat

BMT bosh kotibi Oʻzbekistonga keladi

Antoniu Guterrish bundan tashqari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonga ham tashrif buyuradi. 

BMT bosh kotibi Oʻzbekistonga keladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 29 iyun kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻylab safar boshlaydi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning aniqlik kiritishicha, tashrif Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmanistonga rejalashtirilgan.

Unga koʻra, har bir mamlakatda Guterrish davlat rahbari va boshqa yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi va mahalliy faollar bilan muloqot qiladi.

4 iyul kuni Ostonada Bosh kotib ShHT sammitida ishtirok etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid