Andijonda chiqindini olib ketish narxlari oshadi
Narxlarning oshishi QQS va aholiga koʻrsatiladigan sanitar xizmatga nol stavkaning bekor qilinishi bilan bogʻliq.

Andijonda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari qimmatlashadi. Bu haqda Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarorida maʼlum qilingan.
Narxlarning oʻzgarishi asosan qoʻshilgan qiymat soligʻi va aholiga koʻrsatiladigan sanitar xizmatga nol stavkaning bekor qilinishi bilan bogʻliq ekani maʼlum qilingan.
Unga koʻra, chiqindi xizmati narxi bir kishiga QQSsiz 3500 soʻm (bir oylik toʻlov), QQS bilan esa 3800 soʻmni tashkil etadi. Yuridik tashkilotlarga bir metr kub chiqindi uchun QQSsiz 47 500 soʻm, QQS bilan esa 53 200 soʻmni tashkil etadi.
Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingandan keyin kuchga kiradi.
Avvalroq Surxondaryoda chiqindini olib ketish narxi 4500 soʻmdan 5040 soʻmga oshgani maʼlum boʻlgandi.