Toshkentdagi "Chorsu" bozorida yongʻin sodir boʻldi
Yongʻinni toʻliq bartaraf etishga bir yarim soatdan ziyod vaqt ketgani aytilmoqda.

Toshkentdagi "Chorsu" bozorida yongʻin sodir boʻldi.
28 iyun kuni soat 01:12 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy koʻchasida joylashgan “Chorsu” bozor hududidagi savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:17da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:22 da qurshab olingan.
Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.
Yongʻin soat 02:47da toʻliq bartaraf etildi, deyiladi FVV xabarida.
Hodisa joyida Favqudodda vaziyatlar vaziri va tegishli tashkilotlar rahbarlari oʻrganish ishlarini olib bormoqda.