platina.uz

Otabek Umarov Pavel Durov bilan uchrashdi

"Oʻzbekistonda Telegram birinchi raqamli messenjerdan kattaroq narsadir", deya yozgan Umarov. 

Jamiyat
28-iyun 2024 yil
Otabek Umarov Pavel Durov bilan uchrashdi

Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi.

"Telegram asoschisi Pavel Durovni Oʻzbekistonda qabul qilish katta sharaf boʻldi", deb yozdi Umarov oʻzining Telegram-kanalida.

"Ularning barchasi yuksak darajadagi oʻz ishining ustalari boʻlibgina qolmay, balki dunyoga qalbi ochiq boʻlgan ajoyib insonlar ekanligiga shaxsan ishonch hosil qilish benihoya yoqimli hissiyotdir. Umid qilamizki, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari qoldirgan taassurotlar hamda Telegram foydalanuvchilari bilan muloqot ularga yangi texnologik yechimlarni yaratishga ilhom beradi", deya qoʻshimcha qildi Otabek Umarov.

Oʻzbekistonda Telegram "birinchi raqamli messenjerdan koʻra kattaroq narsadir", deya qoʻshimcha qildi u.

Pavel Durov Markaziy Osiyo mamlakatlariga safar uyushtirmoqda. Shu vaqtga qadar Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda boʻlgan Durov ayni damda Qozogʻistonga tashrif buyurdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+