"Mikrokreditbank" ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda
Kreditlar 2 xil koʻrinishda 15 foizdan boshlanadigan boshlangʻich toʻlov bilan ajratiladi.

"Mikrokreditbank" 2 xil koʻrinishda ipoteka kreditlarini taqdim etadi. Xususan, "Imkoniyat ipotekasi" krediti oʻz uyingizga ega boʻlishga imkon beradi.
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar uchun imtiyozli shartlarda ushbu kredit taklif etiladi.
Shartlari:
- Muddati – 20 yilgacha;
- Boshlangʻich toʻlov – 15% dan boshlab;
- Imtiyozli davr – 6 oy;
- Yillik foizi – 18%.
Kredit oʻzini oʻzi band qilgan va/yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslar uchun ham ajratiladi.
Shuningdek, MKBANK birlamchi bozordan ham yangi kvartira sotib olish uchun 20 yil muddatga ipoteka kreditini taklif qilyapti.
Shartlari:
- muddati – 20 yilgacha;
- boshlangʻich toʻlov – 15% dan boshlab;
- imtiyozli davr – 6 oy;
- yillik foizi – 18% dan.
Kredit oʻzini oʻzi band qilgan yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslar uchun ham ajratiladi.
Bunda kreditning maksimal miqdori:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar uchun – 330 mln. soʻm;
- Toshkent shahrida uy-joy xaridi uchun – 420 mln. soʻm.
Orzungizdagi uyga MKBANK bilan ega boʻlish vaqti keldi!
Qoʻshimcha maʼlumotga ega boʻlish uchun 1285 ga qoʻngʻiroq qiling.