Yevro-2024: navbatdagi sensatsiya Gruziyaga tegishli
Gruzinlar kutilmaganda Portugaliya ustidan gʻalaba qozondi.

Yevropa chempionati F guruhi 3-turida Chexiya - Turkiya, Gruziya - Portugaliya jamoalari maydonga tushdi.
Chexiya har qancha urinmasin, turklarga qarshi deyarli hech nima qila olmadi. Ular birinchi boʻlimdayoq 10 kishi boʻlib qolishdi. Ammo turklar baribir yutib ketishdi.
Gruziya esa haqiqiy sensatsiya egasiga aylandi. Ular Portugaliyaning ikkinchi tarkibini 2:0 hisobida magʻlub etdi. Shu tariqa guruhda 4 ochko bilan keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Hatto Mikautadze uchinchi golini kiritib, ayni paytda toʻpurarlar bahsida peshqadamga aylanib oldi.
Yevro-2024, F guruhi, 3-tur
Chexiya - Turkiya 1:2
Gollar: Sochek 66 - Chalxagoʻgʻli 51, Tosun 90+4
Gruziya - Portugaliya 2:0
Gollar: Kvaratsxelia 2, Mikautadze 57 pen.
