platina.uz
Jamiyat

OTMlarga test imtihonlari 14 iyuldan boshlanadi

Natijalar esa 22 avgustga qadar eʼlon qilinishi koʻzda tutilgan. 

OTMlarga test imtihonlari 14 iyuldan boshlanadi

Oʻzbekistonda OTMlarga imtihonlar vaqti aniq boʻldi.

Test sinovlari 14 iyuldan boshlanadi, mandat 22 avgustga qadar eʼlon qilinadi.

2024/2025 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 2024 yil 14 iyuldan 28 iyul kuniga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Imtihonlar 28 iyulda yakunlanadi hamda 30 iyuldan boshlab 15 kun yoʻnalish tanlash imkoniyati yaratiladi.

13 avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi.

7 kunlik muddatdan soʻng mandat hisoblanadi hamda 21-22 avgustda mandat eʼlon qilinadi.

Avvalroq oʻqishga kirish uchun qariyb 900 ming abituriyent hujjat topshirgani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid