Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi

U  Oʻzbekiston Oliy Majlisi  II chaqiriq deputati ham boʻlgan.

Jamiyat
27-iyun, 9:15
Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi

Taniqli jurnalist, sobiq Oltinkoʻl tumanining birinchi hokimi Nazirjon Saidov vafot etdi.

U Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi boʻlib, "El yurt hurmati" ordeni, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvonlari bilan taqdirlangan. 

Nazirjon Saidov 1948 yilda Oltinkoʻl tumanida tavallud tugʻilgan. 1979 yilda Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Ijodiy faoliyatini davomida 1970 yilda Andijon tuman ijroiya qoʻmitasi muassisligidagi "Kommunizm tongi" (hozirda "Andijon tongi") gazetasida adabiy katta adabiy xodim vazifasidan boshlagan. Turli yillarda muxbir, boʻlim mudiri va muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1978-1984 yillarda Oltinkoʻl tumanidagi "Kommunistik mehnat uchun", 1999 yildan 2004 yilga qadar "Andijonnoma" va "Andijanskaya pravda" gazetalari muharriri sifatida faoliyat yuritgan.

Nazirjon Saidov 1984 yildan 1999 yilga qadar hokimlik tizimida ishlagan boʻlib, 1984 yildan Oltinkoʻl tumani ijroiya Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 1990-1993 yillarda Oltinkoʻl tuman hokimi, 1993-1999 yillarda Andijon viloyat hokimining oʻrinbosari, kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan. 2008-2021 yillarda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimi rahbari sifatida ish olib borgan.

Faxriy jurnalist 2001 yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, 2019 yilda "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan. II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlgan.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+