platina.uz
Jamiyat

Zomin aeroportiga ilk xalqaro reys qoʻndirildi

Birinchi xalqaro reys "Urumchi-Zomin" yoʻnalishida amalga oshirilgan. 

Zomin aeroportiga ilk xalqaro reys qoʻndirildi

Zomin aeroportiga birinchi xalqaro reys qoʻndi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Bugun, 26 iyun kuni mahaliy vaqt bilan soat 13:25 da “Zomin” aeroportiga II Xalqaro maqom sanati anjumani boshlanishi arafasida sinov tariqasida “Urumchi - Zomin” yoʻnalishida “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ga qarashli A320 uchogʻi kelib qoʻndi. Havo kemasining qoʻnishi muvaffaqiyatli amalga oshdi.

Eslatib oʻtamiz, Zomin aeroporti 2023 yil 1 sentabrda ochilgandi.

Aeroport majmuasi uzunligi 1200 metr boʻlgan asfalt uchish-qoʻnish yoʻlagi, ikkita samolyot turishi uchun joy, boshqaruv minorasi va toʻgʻridan-toʻgʻri aeroport binosi bilan jihozlangan boʻlib, katta zal yoʻlovchilarga parvozlarni bemalol kutish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, avtomobillar uchun toʻxtash zonasi yaratilishi ham nazarda tutilgan, kelajakda esa vertolyot maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid