Joriy mavsumda qancha abituriyent oʻqishga hujjat topshirgani maʼlum boʻldi
2024 – 2025-oʻquv yili uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlandi.

2024 – 2025-oʻquv yili uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlandi. Ushbu oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi.
Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi boʻyicha taqsimoti:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi -- 45 655 nafar
Andijon viloyati -- 67 688 nafar
Buxoro viloyati -- 45 583 nafar
Fargʻona viloyati -- 83 837 nafar
Soʻx tumani -- 1 962 nafar
Jizzax viloyati -- 48 276 nafar
Namangan viloyati -- 58 268 nafar
Navoiy viloyati -- 48 437 nafar
Qashqadaryo viloyati -- 89 188 nafar
Samarqand viloyati -- 93 092 nafar
Sirdaryo viloyati -- 30 074 nafar
Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 39 498 nafar
Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 22 756 nafar
Toshkent shahri --161 369 nafar
Xorazm viloyati -- 58 596 nafar
Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar boʻyicha taqsimoti:
- joriy yil bitiruvchilari --410 334 nafar
- avvalgi yillar bitiruvchilari -- 483 945 nafar
Abituriyentlarning gender tarkibi boʻyicha taqsimoti:
-erkaklar -- 431 806 nafar
- ayollar -- 462 473 nafar
Abituriyentlarning taʼlim tili boʻyicha taqsimoti:
- oʻzbek tili --784 458 nafar
- rus tili -- 84 774 nafar
- qoraqalpoq tili -- 22 534 nafar
- boshqa tillar -- 2 513 nafar
Izoh: Test sinovlarida ishtirok etish uchun toʻlovni 26 iyun soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin. Shu boisdan yuqorida keltirilgan statistik maʼlumotlarda toʻlovga oshirish muddati yakunlangandan soʻng oʻzgarish boʻladi.