platina.uz
Jamiyat

Butunjahon yoshlar festivali boshlandi

Ushbu tadbirlar Oʻzbekiston boʻylab birinchi marta tashkil etilyapti.

Prezidentning xalqaro tadbirlarda bildirgan taklif va tashabbuslarining ijrosini yuqori saviyada taʼminlash maqsadida 26-30 iyun kunlari ilk marotaba “Butunjahon yoshlar festivali” boshlandi.

Festival doirasida 15 ta xalqaro tadbir oʻtkazilib, ushbu tadbirlarga 92 ta davlatdan 700 nafardan ortiq xorijiy ishtirokchilar qatnashadi.

Festivalning ochilish marosimi 26 iyun kuni Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasi hududidagi amfiteatrda boʻlib oʻtyapti.

27-28 iyun kunlari festival doirasida Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida alohida tadbirlar oʻtkaziladi.

Jumladan:

  • Samarqand viloyatida Islom hamkorlik tashkiloti Yoshlar forumi;
  • Qoʻshilmaslik harakati Yoshlar sammiti;
  • TOP 500 ta oliy taʼlim muassasalari ishtirokida Global taʼlim forumi;
  • Buxoro viloyatida Markaziy Osiyo yoshlar forumi;
  • Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining Yoshlar Kengashini tuzish boʻyicha espertlar yigʻilishi;
  • Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo yosh liderlar forumi hamda Oʻzbekiston-Koreya yoshlar forumi;
  • Toshkent viloyatida BMTning “Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hadli konvensiyasi”;
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti Yosh tadbirkorlar forumi;
  • Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar forumi;
  • Xorazm viloyatida Oʻzbekiston-Hindiston yoshlar forumi va Markaziy Osiyo-Xitoy yosh iqtidorlar forumi;
  • Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti yosh liderlar forumi;
  • Toshkent shahri – MDH yoshlar poytaxti loyihasi doirasidagi tadbirlar.

Festival doirasida 27-29 iyun kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida taniqli olimlar, madaniyat va sanʼat vakillari, tadbirkorlar, sportchilar bilan uchrashuvlar, koʻrgazmalar tashkil etiladi.

Shuningdek, Yoshlar ijod saroyi atrofida jasorat, iqtidor, taʼlim, IT va tadbirkorlik, madaniyat va sanʼat, kasb-hunar, sport mavzularida pavilonlar tashkil etiladi. Pavilonlarda yoshlar uchun turli interfaol oʻyinlar, viktorinalar, mahorat darslari, koʻrazmalar, mushoiralar, kitob taqdimotlari, tanlov va musobaqalar tashkil etiladi va ishtirokchilar ragʻbatlantiriladi.

30 iyun – “Yoshlar kuni” bayrami hamda “Butunjahon yoshlar festivali”ning yopilish marosimi munosabati bilan Toshkent shahridagi “Humo Arena” muz saroyida gala-konsert boʻlib oʻtadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid