Yevro-2024: Italiya keyingi bosqich masalasini arang hal qildi
Ispaniya esa yuz foizlik natija qayd etib, Xorvatiya va Albaniyani qoldirib ketdi.

Yevropa chempionati I guruhi 3-turida Albaniya - Ispaniya, Xorvatiya - Italiya jamoalari maydonga tushdi.
Ispaniyalik Torres gol urib, jamoasi uchun toʻlaqonli natijani rasmiylashtirdi. Albanlar qoʻlidan kelganicha urinib koʻrdi.
Markaziy oʻyinda xorvatlar nisbatan yaxshiroq oʻynadi. Ikkinchi taymda amallab kiritilgan gol ularni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Ammo bunga italyanlar imkon bermadi.
Yevro-2024, V guruhi, 3-tur:
Xorvatiya - Italiya 1:1
Gollar: Modrich 55 - Zakkani 90+8
Albaniya - Ispaniya 0:1
Gol: Torres 13





