Yevro-2024: Avstriya kutilmagan shiddat bilan gʻalaba qozondi
Shu tariqa D guruhidagi jadval butunlay teskari aylanib ketdi.

Yevropa chempionati D guruhi 3-turida Fransiya - Polsha, Niderlandiya - Avstriya jamoalari maydonga tushdi.
Fransuzlar keraksiz oʻyinda durang qayd etishdi. Ikkala gol ham penaltidan urildi. Mbappe muammosiz gol urdi, Levandovski esa ikkinchi urinishda penaltini aniq amalga oshirdi.
Uchar gollandlar va Avstriya oʻrtasidagi bahs haqiqiy dramaga aylandi. Avstriyadan bunday shiddatni koʻpchilik kutmagan edi. Ularning gʻalabasi musobaqa jadvalini teskari aylantirib tashladi.
Yevro-2024, D guruhi, 3-tur:
Fransiya - Polsha 1:1
Gollar: Mbappe 56 pen. - Levandovski 79 pen.
Niderlandiya - Avstriya 2:3
Gollar: Gakpo 47, Depay 75 - Malen 6 avtogol, Shmid 59, Zabitser 80





