platina.uz
Jahon

Vengriya bosh vaziri korteji YTHga uchradi, bir politsiyachi halok boʻldi

Viktor Orban Shtutgartda Vengriya terma jamoasining futbol uchrashuvini tomosha qilib qaytayotgan boʻlgan. 

Vengriya bosh vaziri korteji YTHga uchradi, bir politsiyachi halok boʻldi

Shtutgartda avtomobil Vengriya bosh vaziri Viktor Orban kortejiga hamrohlik qilayotgan politsiyachining mototsikli bilan toʻqnashib ketdi, deya xabar qilmoqda Bild nashri.

Gazetaning yozishicha, hodisa oqibatida 61 yoshli politsiyachi halok boʻlgan, yana bir politsiyachi jarohat olgan.

Voqea sodir boʻlgan vaqtda Orban aeroportga ketayotgan edi. Avvalroq Shtutgartda u Vengriya terma jamoasining 2024 yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionatidagi oʻyinini tomosha qilish stadionga tashrif buyurgan edi.

Orban avtohalokatda jabrlanganmi yoki yoʻqmi nomaʼlum.

Eslatib oʻtamiz, 23 iyun kuni Shtutgartda Vengriya va Shotlandiya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda vengerlar 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid