platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya IIV rahbari bilan uchrashdi

Muloqotda migratsiya boʻyicha hamkorlik mexanizmlari alohida koʻrib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya IIV rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 iyun kuni amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi.

Suhbat avvalida Oʻzbekiston rahbari yaqinda Dogʻistonda sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida halok boʻlgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining oila aʼzolariga hamdardlik va dalda soʻzlarini bildirdi.

Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, migratsiya sohasida hamkorlik mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid