"Poytaxt bank" BAA kompaniyasiga sotildi

Bank dastlab Rossiya bankiga sotilishi kerak edi, ammo xalqaro vaziyat sabab kelishuvga erishilmagan. 

Iqtisod
25-iyun, 12:09
"Poytaxt bank" BAA kompaniyasiga sotildi

“Poytaxt bank” BAA kompaniyasi tomonidan sotib olindi. Bu haqda Davaktiv agentligi xabar berdi

Agentlik xabariga koʻra, “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalar paketini Birlashgan Arab Amirliklarining “Bond Investments limited LLC” kompaniyasiga 10,0 mln. AQSh dollari miqdordagi sotib olish toʻlovini biryoʻla amalga oshirish sharti bilan sotish boʻyicha kelishuvga erishilganligini maʼlum qilgan.

Avval xabar berilganidek, mazkur bank davlat ulushini ommaviy savdo jarayoni natijasida “Ekspobank” AJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan tegishli kelishuv imzolangan edi. 

Biroq, xalqaro munosabatlarda yuzaga kelgan vaziyat sababli Ekspobank tomonidan amaldagi kelishuv shartlarini bajarish imkoniyati mavjud emasligi inobatga olinib uni oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilingan.

Shundan soʻng, Davaktiv agentligi va xususiylashtirish jarayoniga jalb etilgan xalqaro professional konsultant “Deloitte” tomonidan strategik investorlardan takliflarni qabul qilish ishlari davom ettirilgan.

Jarayon davomida “Bond Investments limited LLC” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan taklif avvalgi talabgorlarning bildirgan sotib olish qiymatidan hamda mustaqil baholovchi (“KPMG” xalqaro kompaniyasi) tomonidan baholangan qiymatdan yuqori boʻlgan tijorat taklifi hisoblanadi.

Mazkur jarayon konsultant “Deloitte” tomonidan muvofiqlashtirilgan va oldi-sotdi shartnomasi loyihasi tayyorlangan, konsultant tomonidan “Bond Investments limited LLC” kompaniyasi hamda unga tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi, AQSh, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining ochiq sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmaganligi oʻrganilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+