platina.uz
Jahon

Janubiy Koreyada Isroil bosh vaziri va boshqa mansabdorlarga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Roʻyxatda Netanyahudan tashqari Isroil prezidenti, SAXAL rahbari, mudofaa vaziri, moliya vaziri ham bor. 

Janubiy Koreyada Isroil bosh vaziri va boshqa mansabdorlarga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Janubiy Koreyada Isroilning yetti nafar yuqori mansabdor shaxsi - bosh vazir Benyamin Netanyahu, prezident Itsxak Gersog, SAXAL bosh shtabining boshligʻi Hersi Ha-Levi, mudofaa vaziri Yoav Galant, tashqi ishlar vaziri Israel Kats, moliya vaziri Betsalel Smotrich va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga qarshi daʼvo qoʻgʻatildi.

Bu haqda Isroilning Ynetnews xabar bergan.

Daʼvo Koreya Respublikasining “Demokratiya uchun xalq birdamligi tashkiloti” - PSPD (People's Solidarity for Participatory tomonidan ilgari surilgan. Daʼvo arizasini 5000 dan ortiq fuqaro, jumladan, mamlakat Milliy assambleyasining ikki aʼzosi imzolagan.

Daʼvo Isroil rasmiylarini Koreya sudlari va mamlakatda sud qilish uchun Janubiy Koreyaga ekstraditsiya qilishni talab etadi.

“Bu ayblov shuni anglatadiki, 5000 ga yaqin daʼvogar Gʻazoda genotsid sodir etilganini tan olgan. Ular faqat motam tutish bilan cheklanmasdan, isroillik aybdor amaldorlar Janubiy Koreya qonunchiligiga muvofiq jazolanishini talab qilishmoqda”, - deydi PSPD vakili.

Ynetnews nashriga maʼlum qilishlaricha, Isroil tashqi siyosat idorasi ushbu daʼvo shikoyatida ismlari keltirilgan amaldorlarga Janubiy Koreyaga safar qilishdan oldin, “keraksiz muammolarga duch kelmaslik uchun”, TIV bilan kelishib olishni maslahat bergan. Nashrning yozishicha, ayni paytda Isroil Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasi barcha yahudiy amaldorlarining huquqiy himoyasini taʼminlash choralarini ishlab chiqmoqda.

Isroil Milliy xavfsizlik vazirligi Janubiy Koreyada yangragan daʼvoga bergan javob bayonotida, bu kabi bayonotlar ularning rejalariga xalaqit bermasligini maʼlum qilgan.

HAMAS yoʻq qilinishi, Gʻazo sektori aholisini “ixtiyoriy ravishda” hududni tark etishga ragʻbatlantirish hamda Isroilning Gʻazoni egallashining zarurligi taʼkidlangan. Yahudiy davlati oʻz fuqarolarini shaxsiy qurol-yarogʻ bilan qurollantirib, butun Isroil boʻylab tezkor munosabat bildiruvchi harbiy guruhlar tashkil etish amaliyotini toʻxtatmasligi qayd etilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid