platina.uz
Jamiyat

Aholi toʻlagan pullarni oʻzlashtirgan "Maxsustrans" inspektori jazolandi

Ayblanuvchi chiqindini olib ketish uchun toʻlangan mablagʻni naqd yoki plastik kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilib, oʻz ehtiyoji uchun ishlatgan. 

Aholi toʻlagan pullarni oʻzlashtirgan "Maxsustrans" inspektori jazolandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida aholining chiqindi uchun toʻlagan pullarini oʻzlashtirgan "Maxsustrans" inspektoriga sud hukmi oʻqildi. Ushbu sud hujjati Platina.uz ixtiyorida mavjud.

“Yunusobod Maxsustrans” avtotransport filiali inspektori lavozimida ishlab kelgan F.Sh. 2023 yilning yanvar oyidan iyun oyiga qadar boʻlgan davr mobaynida Yunusobod tumanidagi “Obod” va “Bogʻisboʻston” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqarolarning chiqindi uchun toʻlagan mablagʻlarini talo-toroj qilgan.

F.Sh. jami 23.969.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini naqd shaklida yoki oʻzining plastik kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilib, ushbu isteʼmolchilarga maxsus kassa apparatidan toʻlov kvitansiyasini chop qilmasdan, oʻzi guyoki pul mablagʻlari kirim qilinganligi haqida sohta kvitansiyalarni imzolab, pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilib, oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Sudlanuvchi sud majlisida aybiga toʻliq iqror boʻlgan.

Sud tafsilotlariga koʻra, F.Sh.ga dastlab zararni qoplash evaziga huquq-tartibot idoralariga xabar bermaslik taklif etilgan, biroq u yetkazilgan zararni qoplamagan.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, F.Sh. aybdor deb topildi va uzil-kesil 2 yil 3 oy 1 kun muddatga sutkaning kechki soat 22:00dan ertasi kuni soat 06:00ga qadar ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, yetkazilgan zarar sudlanuvchi tomonidan toʻliq qoplanishi taʼminlangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid